Qabul vaqti:
- Dushanba: 09:00 dan 15:00 gacha
- Seshanba: 09:00 dan 15:00 gacha
- Chorshanba: 09:00 dan 15:00 gacha
- Payshanba: 09:00 dan 15:00 gacha
- Juma: 09:00 dan 15:00 gacha
- Shanba: none dan none gacha
- Yakshanba: none dan none gacha
Xoriga chiqsh pasportini rasmiylashtirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim (batafsil ma'lumot https://korea.mfa.uz/page/1186 havolasida):
16 yoshga to'lgan shaxslar uchun
1. anketa-so'rovnoma 3,5*4,5 sm o'lchamdagi fotosurat bilan (namuna)
2. muqaddam rasmiylashtirilgan biometrik yoki xorijga chiqish pasporti asli va nusxasi;
4. Koreyada bo'lib turish maqsadi, ya'ni ish, o'qish, davolanish yoki nikoh qurganligi haqidagi ma'lumotnomalar (D-2, D-4, E-9, E-7, G-1 viza egalariga oid)
3. Koreya immigratsiya idoralaridan berilgan ID-karta old va orqa tomonlari nusxasi;
4. Arizachining Elchixonaning vaqtinchalik konsullik ro'yxatiga olinganligi haqidagi tasdiqnomasi (ro'yxatdan https://consulate.mfa.uz/kus/vindex sayti orqali o'tiladi).
*** Konsullik ro’yxatidan o’tish bo’yicha tayyorlangan video lavha.
5. Pasport rasmiylashtirish uchun davlat boji to'langangligi haqidagi hujjat (170 AQSH dollari miqdorida).
16 yoshga to'lmagalar uchun (voyaga yetmagan shaxslar uchun konsullik ro'yxatiga turish talab qilinmaydi):
1. anketa-so'rovnoma 3,5*4,5 sm o'lchamdagi fotosurat bilan (namuna).
2. Tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnoma va muqaddam rasmilayshtirilgan pasport nusxasi.
3. Voyaga yetmagan shaxsning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillarining pasportlari hamda ularga Koreya Immigratsiya xizmatidan berilgan ID-karta(lari) nusxasi.
4. O'zbekiston hududida doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxatda turuvchi ota-onaning notarial tasdiqlangan roziligi (namuna). Ushbu rozilik quydagi hujjatlar taqdim etilgan taqdirda talab qilinmaydi:
- ota yoki ona vafot etganligi haqidagi o'lim guvohnomasi;
- ota yoki onaning sud tomonidan otalik yoki onalik huquqidan mahrum qilinganligi qarori nusxasi;
- ota yoki onaning bedarak yo'qolgan yoki o'lgan deb tan olinganligi to'g'risida vakolatli idoralarning ma'lumotnomasi;
- bola yolg'iz ota yoki ona qaramog'ida ekanligini tasdiqlovchi ma'lumotnoma nusxasi;
5. Voyaga yetmagan shaxsning ota yoki onasidan birining Elchixonaning vaqtinchalik konsullik ro'yxatiga olinganligi haqidagi tasdiqnomasi (ro'yxatdan https://consulate.mfa.uz/kus/vindex sayti orqali o'tiladi).
*** Konsullik ro’yxatidan o’tish bo’yicha tayyorlangan video lavha.
6. Pasport olish uchun davlat boji to'langangligi haqidagi hujjat (20 AQSH dollari miqdorida) .
***Izoh: arizachiga pasport rasmiylashtirish uchun yuborilgan elektron talabnoma holati to'g'risidagi ma'lumotni Davlat personallashtirsh agentligining https://dpm.uz/interactiveService/status veb-sahifasidan olish mumkin. Ma'lumot olish uchun arizachiga Elchixonada beriladigan so'rovnomadagi 32 xonali harf-raqamdan iborat unikal raqamni kiritish lozim.