Qabul vaqti:
- Dushanba: 14:00 dan 15:30 gacha
- Seshanba: 10:00 dan 12:00 gacha
- Chorshanba: 14:00 dan 15:30 gacha
- Payshanba: 10:00 dan 12:00 gacha
- Juma: 10:00 dan 12:00 gacha
- Shanba: none dan none gacha
- Yakshanba: none dan none gacha
O’zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish tartibi
O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi to’g’risidagi Qonunining 24-moddasi hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 martdagi PF-6185 sonli farmoni bilan tasdiqlanfan nizom asosida tartibga solinadi.
Xorijda yashab turgan va chet el fuqaroligini olishga qaror qabul qilgan O’zbekiston fuqarosi elchixonaga quyidagi hujjatlarni taqdim qilishi lozim:
1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga ariza (namuna);
2. Ariza-so’rovnoma (https://consulate.mfa.uz/citizenship/index interaktiv konsullik xizmatlari portalida lotin alifbosiga asoslanga o’zbek tilida to’ldirilidi );
3. Arizachining pasporti yoki O’zbekiston idoralari tomonidan berilgan shaxs guvohnomasi (ID-karta);
4. Arizachining tug’ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi;
5. Nikoh tuzilganligi yoki nikoh bekor qilinganligi to’g’risidagi guvohnoma (agar turmush qurgan bo’lsa);
6. Fuqarolikdan chiqishga arizachi turmush oʼrtogʼining notarial tartibda tasdiqlangan roziligi;
Arizada arizachining farzandi ko’rsatilgan taqdirda, bolaning tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnomasi, pasporti yoki shaxs guvohnomasi (ID-karta). Bunday hollarda bolaning otasi yoki onasi O’zbekiston fuqaroligini saqlab qolayotgan bo’lsa, uning notarial tartibda tasdiqlangan roziligi (nikoh bekor qilingan holatlar bundan mustano emas);
7. Otalasi yoki onasi bilan birga fuqarolikdan chiqayotgan 14 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan farzandning O’zbekiston fuqaroligidan chiqish bo’yicha rozilik arizasi (namuna)
8. Arizachini tarjimai holi va uning yaqin qarindoshlari haqida ma’lumot (namuna);
9. 3,5*4,5 sm o’lchamdagi 4 ta rangli fotosurat;
Аgar ariza beruvchining Oʼzbekiston fuqarosi boʼlgan eri (xotini), ota-onasi, shuningdek, uning qaramogʼidagi shaxslar Oʼzbekiston hududida doimiy yashasa, ushbu shaxslar ariza beruvchiga nisbatan mulkiy eʼtirozlari mavjud emasligi haqidagi notarial tartibda tasdiqlangan arizalari;
Аgar tegishli holatlar mavjud boʼlsa, arichaning ota-onasi yoki turmush oʼrtogʼining roziligi oʼrniga ariza beruvchidan quyidagi hujjatlar talab etiladi:
Vafot etganligi haqida guvohnoma (agar koʼrsatilgan shaxslar vafot etgan boʼlsa)
Koʼrsatilgan shaxslarni ota-onalik huquqlaridan mahrum qilinganligi, muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan yoki bedarak yoʼqolgan deb topilganligi yoxud fuqaroni vafot etgan deb eʼlon qilinganligi haqidagi qonuniy kuchga kirgan sud qarori;
Yolgʼiz ota yoki ona ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar vakolatli organ tomonidan soʼrab olinadi
Arizani ko’rib chiqish uchun davlat boji (konsullik yigʼimi) toʼlanganligi toʼgʼrisidagi hujjat.
*** Yuqorida ko’rsatilgan barcha ko’rsatilgan hujjatlar arizachi tomonidan 2 nusxada taqdim etilishi kerak. Hujjatlar to'liq taqdim etilganidan so'ng ko’rib chiqish uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari bo’yicha komissiyaga yuboriladi.
O’zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo’qotish tartibi
O’zbekiston fuqaroligini yo’qotish masalalari O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi to’g’risidagi Qonunining 25-moddasi hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 martdagi PF-6185 sonli farmoni bilan tasdiqlanfan nizom asosida tartibga solinadi.
Qonunchilikka ko’ra O’zbekiston fuqaroligi quyidagi holatlarda yo’qotiladi:
1. shaxs chet davlatning harbiy xizmatiga, xavfsizlik organlariga, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga xizmatga kirganligi oqibatida;
2. agar xorijda doimiy yashovchi shaxs yetti yil mobaynida uzrli sabablarsiz elchixona doimiy konsullik hisobiga turmagan bo’lsa;
3. shaxs muqaddam O’zbekiston fuqaroligini yolg’on ma’lumotlar yoki soxta hujjatlarni taqdim etish natijasida qabul qilgan bo’lsa;
4. agar shaxs chet davlatning foydasini ko’zlab faoliyat ko’rsatgan holda yoki tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etish yo’li bilan jamiyat hamda davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazgan bo’lsa;
5. agar shaxs ixtiyoriy ravishda chet davlatning fuqaroligini olgan bo’lsa;
6. agar shaxs chet davlatning fuqaroligini tug’ilganlik bo’yicha yoxud chet davlat fuqarosi bo’lgan otasining yoki onasining fuqaroligi asosida, voyaga yetmagan yoshida olgan bo’lsa va yigirma bir yoshga to’lguniga qadar chet davlat fuqaroligidan chiqishni rasmiylashtirmagan bo’lsa.
Bunda arizachi elchixonaga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:
1. Oʼzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʼqotish toʼgʼrisidagi xabarnoma/ogohlantirish xati (elchixonada rasmiylashtiriladi);
2. Arizachining pasporti yoki O’zbekiston idoralari tomonidan berilgan shaxs guvohnomasi (ID-karta);
3. Arizachini tarjimai holi va uning yaqin qarindoshlari haqida ma’lumot (namuna);
4. Fuqaroning chet elga doimiy yashashga chiqganligini tasdiqlovchi hujjat (Qonuning 25-moddasi b-bandi uchun);
5. Xorijiy davlat fuqarolik pastorti nushasi (Qonuning 25-moddasi d-bandi uchun);
6. Chet el fuqaroligi qabul qilgan arizachining maʼlumotlari (ismi, familiyasi, otasining ismi, tugʼilgan sanasi) oʼzgargan boʼlsa, mazkur holatni tasdiqlovchi hujjat va uning notarial tartibda tasdiqlangan o’zbek tilidagi tarjimasi;
7. Аrizachining xorij fuqaroligini qabul qilgan sanasini tasdiqlovchi xorijiy davlat vakolatli organi tomonidan berilgan hujjat va uning notarial tartibda tasdiqlangan o’zbek tilidagi tarjimasi (Qonuning 25-moddasi d-band uchun);
8. 3,5*4,5 sm o’lchamdagi 4 ta rangli fotosurat
*** Yuqorida ko’rsatilgan barcha ko’rsatilgan hujjatlar arizachi tomonidan ikki nusxada taqdim etilishi kerak. Hujjatlar O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari bo’yicha komissiyaga ko’rib chiqish uchun yuboriladi.