Horijda doimiy yoki vaqtincha yashaydigan O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining fuqarolik holati dalolatnomalarini ro'yxatdan o'tkazish O'zbekiston Respublikasining horijdagi diplomatik vakolathonalarida O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq amalga oshiriladi /agar horijiy davlatning FXDY organlarida bo'laning tug'ilishi qayd etilmagan bo'lsa/.
Bolaning tug'ilishini ro'yxatdan o'tkazish uchun quyidagi hujjatlar kerak:
a) bolaning ota-onasi qonuniy nikohda bo’lsa:
1. interaktiv xizmatlar veb-portali o’rqali bolaning ota yoki onasining elektron shaklda to’ldirilgan arizasi (ilova qilinmoqda);
2. tibbiy muassasaning bola tug’ilganligi haqidagi ma’lumotnoma asl nushasi;
3. bolaning ota-onasi pasportlari nusxalar bilan;
4. bolaning ota-onasi nikohi haqidagi guvohnomasi nusxasi bilan.
b) bolaning ota-onasi qonuniy nikohda bo’lmasa va otalikni belgilash uchun:
1. interaktiv xizmatlar veb-portali o’rqali bolaning ota-onasining elektron shaklda to’ldirilgan arizasi (ilova qilinmoqda);
3. bolaning ota-onasi pasportlari nusxalar bilan.
c) yolg’iz onadan tug’ilgan bola uchun:
1. interaktiv xizmatlar veb-portali o’rqali bolaning onasi tomonidan elektron shaklda to’ldirilgan arizasi (ilova qilinmoqda);
3. bolaning onasi pasporti nusxasi bilan.