Nikoh rasmiylashtirish yoki ajrashish masalalari

Qabul vaqti:

  • Dushanba: 09:30 dan 17:00 gacha
  • Seshanba: 09:30 dan 17:00 gacha
  • Chorshanba: 09:30 dan 17:00 gacha
  • Payshanba: 09:30 dan 17:00 gacha
  • Juma: 09:30 dan 17:00 gacha
  • Shanba: none dan none gacha
  • Yakshanba: none dan none gacha


                             Nikohni qaid etish

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 14 va 15 moddalariga muvofiq, nikohlanuvchilarning o‘zaro roziliklari va ularning nikoh yoshiga yetganliklari nikoh tuzishning asosiy shartlari hisoblanadi.

 

Nikohni qaid etish guvohnomasini olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  1. interaktiv xizmatlar veb-portali o’rqali nikohlanuvchilar tomonidan elektron shaklda to’ldirilgan arizasi (ilova qilinmoqda);
  2. nikohlanuvchilarning pasportlari nusxalari bilan;
  3. nikohlanuvchilarning nikohda turmasliklarini tasdiqlovchi ma’lumotnomaning asl nushasi;
  4. nikohlanuvchilarning tibbiy ko'rikdan o'tganligi to'g'risidagi tibbiy ma’lumotnomalarning asl nushasi.

 

 

_______________________________________________________

             Nikohni bekor qilinganligini qayd etish

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 42 va 218-moddalariga muvofiq O’zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan nikohni bekor qilish quyidagi shartlar asosida amalga oshiriladi:

  • nikohni bekor qilishga er-hotinning o’zaro roziligi;
  • voyaga yetmagan farzandlar (farzandlikka olinganlari ham) mavjud emasligi; 
  • o’zaro mulkiy nizolar mavjud emasligi. 

Shuningdek, nikohni bekor qilinganlikni qayd qilish va nikohi bekor qilinganlik to'g'risidagi guvohnomani rasmiylashtirib berish xorijiy davlatning sud qarori asosida (belgilangan tartibda legalizasiya qilingan yoki apostil qoyilgan holda) turmush o'rtoqlardan birining arizasiga binoan amalga oshirilishi mumkin.

Nikohni bekor qilinganlikni qayd qilish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

1. interaktiv xizmatlar veb-portali o’rqali elektron shaklda to’ldirilgan ariza (ilova qilinmoqda);

Turmush o'rtoqlardan birining nikohgacha bo'lgan familiyasini qaytarish istagi mazkur arizada ko’rsatilgan bo’lishi lozim.

2. nikohdan ajraluvchilarning pasportlari nusxalari bilan;

3. nikohdan ajraluvchilarning nikohdaliklarini tasdiqlovchi nikoh tuzilganligi to’g’risidagi guvohnoma nusxasi bilan;

4.xorijiy davlatning vakolatli organi tomonidan chiqarilgan ajrashish to'g'risidagi sud qarorining nusxasi belgilangan tartibda legalizasiya qilingan yoki apostil qoyilgan holda (xorijiy davlatning sud qarori asosida ajrashgan taqdirda).